Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yana bir xalqaro tanlovni e’lon qilamiz

21.05.2021, 20:46 E'lonlar 1720

Xalqaro hamjixatlik ta’limi/Global fuqarolik ta’limi bo‘yicha  ilg‘or tajribalar sohasidagi YUNESKOning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi xalqaro hamjixatlik ta’limi markazi (APCEIU (The Asia-Pacific Centre of Education for International Understanding), Seul, Koreya Respublikasi) tomonidan tanlov e’lon qilindi.

Tanlov maqsadi Xalqaro hamjihatlik ta’limi yoki Global fuqarolik ta’limi bo‘yicha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan mahalliy tashabbuslarni aniqlash va ilg‘or tajribalarni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishdan iborat.

Ushbu tandovda quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan loyihalar bilan ishtirok etish mumkin:

– o‘qituvchilarning  salohiyatini oshirish mashg‘ulotlari;

– maktabda amalga oshirilayotgan dasturlar;

– jamiyatda amalga oshirilayotgan dasturlar;

– yoshlar tashabbuslari hamda boshqa ta’lim faoliyati va dasturlari

APCEIU ekspertlari tomonidan tanlab olingan g‘olib Global fuqaro mukofoti va 1000 AQSH dollari pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, g‘olib deb topilgan loyixalar monografiya sifatida nashr etilib YuNESKOning a’zo-davlatlariga tarqatiladi va APCEIU veb-sahifasiga joylashtiriladi.

Xujjatlarni to‘ldirish bo‘yicha batafsil ma’lumot bilan www.unescoapceiu.org veb-sahifasi orqali tanishish mumkin hamda ushbu havola  orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur. Shuningdek, mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarning anketalari ingliz tilida to‘ldirilib, joriy yil 24 may kuniga qadar universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘limi elektron manzili (icd@tsuos.uz) ga yuborilishi lozim.