Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Yosh olim 2021” xalqaro tanlovida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, siyosatshunoslik yo’nalishi 1-bosqich talabasi Suyarov Komiljon faxrli 1-o‘rinni egalladi va Oltin medal bilan taqdirlandi.

24.05.2021, 17:36 Yangiliklar 2182

Qozog‘istonning Nursulton shahrida MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yosh olim 2021” xalqaro tanlovida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi, Toshkent  davlat sharqshunoslik universiteti, siyosatshunoslik yo’nalishi 1-bosqich  talabasi   Suyarov Komiljon faxrli 1-o‘rinni egalladi va Oltin medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Suyarov Komiljon Universitet Yoshlar Ittifoqi BT yetakchisi 1-o’rinbosari hamda O’zbekiston talabalar assotsiatsiyasining universitetimizdagi vakili hisoblanadi.

Loyiha doirasida MDH mamlakatlari oliy ta’lim muassasalarining qobiliyatli, xalqaro olimpiada va tanlovlarning g‘oliblari bo‘lgan talabalarning yutuqlari aks ettiruvchi”Xalqaro iqtidorli yoshlar ensiklopediyasi” nashrdan chiqdi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi Komiljon Suyarovga Universitetdagi o’qishida doimo izlanishdan to’xtamaslikka,ijodiy hamda ilmiy faoliyatida omad yor bo’lishini tilaydi!

936AFD77-BDFA-4A88-A948-8FEF5A39936F     F72D365C-D5ED-4A24-B689-A765D8EDD094