Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU rektori hamda universitetning bir guruh rahbar xodimlari, professor-o’qituvchilari Namangan Sharq tillari va xizmat ko‘rsatish texnikumiga xizmat safari bilan tashrif buyurdilar

28.05.2021, 22:28 Yangiliklar 2114

Bugun – 28 may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari rektor G.Rixsiyeva boshchiligida Namangan Sharq tillari va xizmat ko‘rsatish texnikumida xizmat safari bilan bo‘lib turishibdi. Safarning asosiy maqsadi texnikum faoliyatini takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish masalasidir.

Namangan Sharq tillari va xizmat ko‘rsatish texnikumi Prezidentimizning 2019-yil, 6-sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni asosida TDSHU huzurida faoliyat yuritishi belgilangan. 

TDSHU rahbariyatining texnikum ma’muriyati, talabalari va Namangan tumani hokimligi mas’ullari bilan muloqoti jarayonida texnikum oldida turgan vazifalar, texnikumining kelajak taraqqiyoti masalalari muhokama qilindi.

Savol-javob, ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbirda  texnikum talabalari o‘zlarini qiynab yurgan savollarga javoblar oldilar.  Shuninglek, texnikum ARM ga 200 dan ortiq kitoblar sovg‘a qilindi.

0FDC056A-000F-44B0-B787-E418BE5C4C49     E5982515-9374-4DF2-8311-E559F2AAAA7C     8FE80832-BE9E-4D10-86F8-457B103277BA