Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

🇺🇿🇭🇺 O‘zbekiston-Vengriya rektorlar forumida TDSHU rektori G.SH.Rixsiyevaning ishtiroki

23.06.2021, 23:49 Yangiliklar 1690

O‘zbekiston-Vengriya rektorlar forumi doirasida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 16 ta ikki tomonlama hamkorlik memorandumlari imzolandi.

🌀 Shuningdek, ushbu forumda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva O‘zbekiston va Vengriya oliy ta’lim muassasalari hamkorligining istiqbol yo‘nalishlari haqida ma’ruza qildi.

✳️ Forum doirasida Vengriyadagi TDSHU bilan hamkor Etvosh Loran nomidagi Budapesht universiteti rektori, doktor Lazslo Borhy hamda Etvosh Loran nomidagi Budapesht universiteti Sharqshunoslik instituti direktori, professor Benedek Péri bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔁 Unda venger mutaxassislarini TDSHUda qisqa muddatli ma’ruzalarga taklif qilish, Etvosh Loran universitetida o‘qituvchilarning malakasini oshirish, qo‘shma ilmiy loyihalar, talaba va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.

C70DC1DB-BBBB-4E9E-9AA0-43969AE06675      7DECE547-63AE-4EFE-BC88-B6D86D27EEBD       7069F21D-6D63-476F-9DC7-C9E34D77E05B