2025-yilning 1-iyul kuni universitet Kengashining 11-sonli kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Kengash davomida 2024-2025 o‘quv yili sarhisobi, prorektorlar hisoboti, Registrator ofisining 2024-2025 o‘quv yilidagi faoliyati va professor-o‘qituvchilarning ijro intizomi,
o’quv yili yakunlari bo‘yicha KPI asosida rag‘batlantirishga tavsiyalar ko’rib chiqildi.
Universitet Kengashining ikkinchi qismida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hay’at qarorlari va buyruqlari, hamda universitet Kengashi qarorlarining ijrosi haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yozgi semestr yakunlari, yakuniy davlat attestatsiyalari hamda MD himoyalarining natijalari, 2025/2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalariga nomzodlarni tavsiya qilish masalalari ko’rib chiqildi. Universitet Kengashining 2024-2025 o‘quv yilidagi faoliyati, ilmiy markazlar va ilmiy loyihalar hisoboti tinglandi.