Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura ta’lim grantlarini qayta taqsimlash natijalari e’lon qilindi!

05.09.2026, 10:38 E'lonlar 21

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriatning 2- va 3-kurs talabalari hamda magistratura talabalari uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash jarayoni yakunlandi.

📌 Grantlarni qayta taqsimlash jarayonida:
• talabalarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari HEMIS axborot tizimi orqali shakllantirildi;

• grantga da’vogar talabgorlarning GPA ko‘rsatkichlari belgilangan mezonlar asosida baholandi;
• talabalarning ijtimoiy faolligi va belgilangan mezonlar asosida to‘plagan ballari inobatga olindi;
• grantlar Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, belgilangan tartibda tasdiqlandi.

⚡️ Natijalarga ko‘ra, ta’lim grantlari quyidagi toifalar bo‘yicha tasdiqlandi:
🔹 To‘liq ta’lim granti;
🔹 To‘liq bo‘lmagan ta’lim granti;
🔹 Qo‘shimcha davlat granti;
🔹 OTM (universitet) granti.

📢 Grant natijalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

🎓 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
[Havola joylashtiriladi]
🎓 Magistratura mutaxassisliklari:
[Havola joylashtiriladi]