Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Diqqat, yoshlar! Siz uchun yangilik!

09.08.2021, 20:16 E'lonlar 1741

O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi, O’zbekiston Volontyorlar assotsiyasining qo’shma qarori bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida volontyorlik markazi tashkil etilmoqda.

🏢Markaz 5 ta yo’nalishda faoliyat olib boradi:

♦️ Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo’nalishi;

♦️ Xayriya va sahovat ishlariga ko’maklashish yo’nalishi;

♦️ Keksalarga ko’maklashish ijtimoiy volontyorlik yo’nalishi;

♦️ Festival, tanlov va boshqa ommaviy tadbirlar yo’nalishi;

♦️ Tarjimonlik yo’nalishi;

💯Markazning eng faol volontyorlari universitet rahbariyati, Yoshlar ishlari agentligi, mahalliy hokimliklar tomonidan har chorakda kamida bir marotaba diplom, sertifikat va boshqa sovg’alar bilan rag’batlantirilib boriladi. 📚🖥

🎟ID kartaga ega bo’lgan volontyorlar uchun respublikaning barcha hududlariga sayohatlar tashkil etiladi, eng faol volontyorlar xalqaro va respublika miqyosidagi forumlarga jalb qilinadi. Shuningdek davlat tasarrufidagi istirohat bog’lari, muzeylar, kino va teatrlarga kirish chiptasi uchun to’lanadigan mablag’ning 50 foizigacha chegirmalar beriladi.🎡🏰

🗣Volontyorlikka qiziqsangiz, volontyor bo’lishni, jamoamizga qo’shilishni xohlasangiz bizga murojaat qiling! Onlayn ariza to’ldiring, safimizga qo’shiling!🔝🚀

Batafsil ma’lumot va murojaat uchun:

@Javohir_Kamolovv

@komiljon_suyarov7