Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Yaponiya ta’lim ko‘rgazmasi – 2021”

17.08.2021, 23:54 E'lonlar 1770

Nagoya universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan 2021-yil 19-25-avgust kunlari onlayn tarzda “Yaponiya ta’lim ko‘rgazmasi – 2021” tadbiri o‘tkazilishi ma’lum qilingan.

Mazkur ko‘rgazma Yaponiya universitetlarining talabalarni qabul qilish tartibi, o‘qish jarayonini tashkil qilish, xalqaro ta’lim dasturlari, mavjud grant va stipendiya ajratish tizimi hamda universitetlararo hamkorlik munosabatlari haqida ma’lumot berish maqsadida tashkil etilmoqda.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimi 2021-yil 19-avgust kuni onlayn  bo‘lib o‘tadi. Mazkur Xalqaro ko‘rgazmada Yaponiyaning 45 dan ortiq universitetlarining taqdimotlari rejalashtirilgan.

Ushbu ko’rgazmada siz ham ishtirok etishni istasangiz quydagi havola orqali hoziroq online ro’yxatdan o’tishingiz mumkin👇🏻

(https://forms.gle/EtaJmndfZNhHcxA66)

Quyidagi havola orqali tadbirning ochilish marosimini kuzatib borishingiz mumkin 👇🏻

(https://voutu.be/3 WTz7Gv_JU).

Ko‘rgazma haqida hamda har bir universitetning aniq taqdimot vaqtlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish uchun ushbu havolani taqdim etamiz👉🏻 (https://japan-edufair.uz/japan__education_fair_2021_in_tashkent)

Qo’shimcha ma’lumotlar olmoqchi bo’lsangiz quyidagi raqam bilan bog’laning👇🏻

Tel : +99871-238-94-01