Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Bugun yurtimiz bo‘ylab xayriya hashari o‘tkaziladi

21.08.2021, 13:25 Yangiliklar 1330

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining qadrli jamoasi‼️

Xabaringiz bor, hukumat farmoyishiga ko‘ra, 2021-yilning 21-avgust mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari kuni etib belgilandi.

Barchangizni eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida o‘tkazilayotgan ushbu xayrli tashabbusda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Universitetimiz, ish joylarimiz,  qolaversa, xonadonlarimizni tartibga keltirsak, qut-barakamiz ham shunga yarasha bo‘lishi shubhasizdir.