Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

SHARQSHUNOSLIK SOHASIDA YETAKCHILARDAN HISOBLANADIGAN IKKITA OLIY TA’LIM MUASSASASINING MAGISTR DIPLOMIGA EGA BO‘LISH UCHUN AJOYIB IMKONIYAT!!!

28.08.2021, 11:38 E'lonlar 3027

SHOSHILING!
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlikdagi magistratura qo‘shma ta’lim dasturida o‘qishga taklif etadi.
Magistratura mutaxassisligi 5A120701 Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati
O‘qish muddati – 2 yil:
1-2 va 4-semestrlar (1,5 akademik yil) – Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida (ta’lim tili -rus tili).
3-semestr (yarim akademik yil) – Sankt-Peterburg davlat universitetida (ta’lim tili – rus tili).
Dars mashg‘ulotlari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Sankt-Peterburg davlat universitetining yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan kredit-modul tizimi asosida olib boriladi.
TA’LIM JARAYONI FAQAT TO‘LOV-SHARTNOMA ASOSIDA AMALGA OSHIRILADI:
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetidaga ta’lim jarayoni uchun BIR YILLIK TO‘LOV-SHARTNOMA MIQDORI  16. 500. 000  so‘m
Sankt-Peterburg davlat universitetida ta’lim jarayoni uchun YARIM YILLIK (3-SEMESTR) TO‘LOV-SHARTNOMA MIQDORI 178. 350 Rossiya rubli
Sankt-Peterburg davlat universitetida ta’lim olish jarayonida talabalar Rossiya oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan xorijlik talabalar uchun belgilangan barcha shart-sharoitlardan (zarur maishiy sharoitlarga ega yotoqxona, universitet kutubxonasi va professor-o‘qituvchilarning bepul maslahatlari va rahbarliklari) to‘liq foydalanadilar. Yotoqxona (imtiyozli narxda), transport, sog‘lik sug‘urtasi va kundalik turmush bilan bog‘liq sarf-harajatlar talabalarning hisobidan qoplanadi.
TOPSHIRILADIGAN HUJJATLAR
Mazkur qo‘shma ta’lim dasturida o‘qishni istagan bakalavr yoki oliy ma’lumotli mutaxassislar 28.08.2021 dan 15.09.2021 gacha o‘zlarining quyidagi hujjatlarini Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining qabul komissiyasi (D.Salayev) ga topshirishlari mumkin:
1. Pasportning asli va nusxasi (yashash joyi haqidagi ma’lumot yozilgan sahifasi bilan), ariza, rasm 3×4 8 dona, konvert 1 dona, yig‘majild 1 dona.
2. Bakalavr (yoki oliy ma’lumot) diplomi va uning ilovasi asli va nusxasi

KIRISH IMTIHONLARI
O‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1. 1-bosqichda mutaxassislik fanlari doirasida yozma ish va og‘zaki suhbat (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o‘tkaziladi)
2. Ingliz, fransuz yoki nemis tilidan test sinovi (Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi).
Imtihon natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 5 nafar abituriyent talabalar safiga qabul qilinadi.
QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR UCHUN TELEFONLAR:
1. Qabul komissiyasi mas’ul kotibi D.Salayev
+99897 477-93-37;
2. Xalqaro hamkorlik bo‘limi
+99871 233-29-85;
3. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor qabulxonasi
+99871 233-34-28

Aloqa markazi:
+99890 807-02-24, +99890 807-02-25, +99890 807-02-26,
+99890 807-02-29, +99890 807-02-28

Ma’lumot: Sankt-Peterburg Davlat universiteti 1724-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u mamlakatdagi birinchi universitet va Rossiya Federasiyasi oliy ta’lim va ilm-fan yetakchi flagmanlaridan biridir. QS oliy o‘quv yurtlari xalqaro reytingida 225-o‘rinni egallab, ayrim sohalarda reytingning yuqori 50-pog‘onasida bormoqda. Universitetda 9 nafar Nobel mukofoti laureatlari, 6 nafar bosh vazir va 2 nafar Rossiya Federasiyasi prezidentlari tayyorlagan.