Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU talabasi @uzaqlbot loyihasining ilk mavsumi g’olibi bo’ldi

08.09.2021, 13:19 Yangiliklar 1980

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining talabasi @uzaqlbot  loyihasining ilk mavsumi g’olibi bo’ldi va noutbuk bilan taqdirlandi  Loyihaning ilk mavsumida 18 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi. «Mantiq maydoni» rukni ostida berilgan 3 ta viktorinaning jami 50 ta savolidan eng ko’p  44  tasiga to’g’ri javob bergan Murodilloyev Nodir Baxodir o’g’li g’olib bo’ldi .

Va’da qilinganidek, 1-o’rin sohibi noutbuk bilan taqdirlandi. Mukofotni Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev topshirdi. Nodir Murodullayev ayni vaqtda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Sharq falsafasi va madaniyati yo’nalishida 4-bosqichda tahsil oladi.

Tez orada loyihaning yangi mavsumi boshlanadi. Hoziroq @uzaqlbotga kiring va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlang. Oldinda hali bundan kattaroq sovg’alar kutib turibdi. Sizdan bilimlar va mantiqni ishga solish talab etiladi, xolos. Olg’a, yoshlar!