Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 90 807 02 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Uch tilda master-klass: Global axborot makonda keng fikrlash strategiyalari

11.09.2021, 21:26 Yangiliklar 178

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining axborot xizmati rahbari, siyosiy fanlar doktori Sardor Usmanovdan TDSHU talabalari uchun  “Global axborot makonida keng fikrlash strategiyalari” mavzusidagi mahorat darsi bo’lib o’tdi. 

Mahorat darsini universitet rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna kirish so’zi bilan ochib berib, O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining  axborot xizmati rahbari  Sardor Usmanovning bugunga qadar  erishgan yutuqlari,  qolaversa siyosiy fanlar doktori, xalqaro tajribaga ega bo’lgan yetuk mutaxassis ekanligi  haqida aytib talabalarni tanishtirdi.

  Qiziqarli va savol javoblarga boy bo’lgan mahorat darsi davomida Sardor Usmanov bugungi kunda axborot xizmatiga katta e’tibor qaratilayotgani va uning asosiy vazifalaridan biri  tashkilotning jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirishdan iboratligi haqida ma’lumot berdi.

❗️ “Ushbu sohada uning siru-sinoatlaridan boxabar jurnalistlar faoliyat ko‘rsatib, ular ham OAV xodimlari kabi asosan axborot to‘plash va tarqatish bilan shug‘ullanishi kerak.  Axborot xizmati xodimi o‘qimishli bo‘lishi zarur. Ya’ni, aytmoqchi, yozmoqchi bo‘lgan har bir fikrini avvalo ishonchli manbalardan o‘qib-o‘rganishi maqsadga muvofiqdir. Agar global axborot makonida passiv kuzatuvchi emas, balki faol va ta’sirchan ishtirokchi bo’lish niyatingiz bo’lsa, albatta, strategik darajada fikrlab, proaktiv tashabbuslar ilgari sura olishingiz zarur bo’ladi”- deya  takidladi S. Usmanov.

Master-klassning eng noananaviy jihati 3 (O’zbek, rus va ingliz) tilda o’tkazilgani bo’ldi.

👉Batafsil

👉 https://yuz.uz/ru/news/strategii-masshtabnogo-mshleniya-v-globalnom-informatsionnom-prostranstve

05B8EE4E-EA81-42EE-84A8-973FD20A3694

D1CD20F5-854C-4A6B-8134-8E9F1996672B

62BCE2A5-CE97-4E33-9DCA-6C6B121ACF48

1D64AF36-4F61-4F48-A25E-9A4088EF0FD3

54056A1D-6738-4860-A412-9E6C4A493D5F

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: