Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Komplaens nazorat” tizimi haqida tushuncha va takliflar berildi

17.09.2021, 16:00 Yangiliklar 1960

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 21-iyuldagi buyrug‘iga muvofiq oliy o‘quv yurtlari, jumladan, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tashkil etildi.

Bo‘lim xizmat xonasi va zarur jihozlar bilan ta’minlandi, malakali mutaxassislar shtati shakllantirildi. 

Universitet Talabalar turar joyida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasidagi tadbir tashkil etildi. Unda mazkur bo‘lim boshlig‘i Alisher Nazarov va bo‘lim bosh mutaxassisi Oybek Rahmonberdiyevlar ishtirok etdi.Tadbirda A. Nazarov so‘zga chiqib, mamlakatda bu borada olib borilayotgan islohotlar, oliy o‘quv yurtlarida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun joriy etilgan tizimning ma’zmun-mohiyati haqida ma’lumot berdi. 

Mutaxassislarning chiqishlaridan so‘ng yig‘ilganlar bilan jonli muloqot o‘tkazildi va barcha savollarga batafsil javob berildi.

88C187E3-3751-40F5-B7AF-E1B4E64C59A9