Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Isroillik olimlar bilan sharqshunoslik sohasida ilmiy hamkorlik

18.09.2021, 18:00 Yangiliklar 1666

O‘zbekiston Respublikasining Sharq mamlakatlari bilan ikki va ko‘p tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib bormoqda.

Bunday sharoitda sharq tillarini puxta o‘zlashtirgan, ushbu mamlakatning tarixi va madaniyati, siyosati, iqtisodi hamda dini, falsafasi bo‘yicha kompleks bilimlarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, ayni paytda ayrim sharq davlatlarida kuzatilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni to‘g‘ri tahlil qilgan holda takliflar va tavsiyalar bera oladigan, yurtimizdagi ko‘p asrlik madaniy va ilmiy yutuqlar aks etgan qo‘lyozma manbalarni tadqiq etadigan sharqshunos kadrlarni tayyorlash alohida e’tiborga loyiq.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori Nodir ABDULLAYeV xorij olimlari bilan sharqshunoslik sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish borasida O‘zA muxbiriga intervyu berdi.

Batafsil ma’laumotlar bilan quyidagi havolada tanishing👇🏻

https://uza.uz/uz/posts/isroillik-olimlar-bilan-sharqshunoslik-sohasida-ilmiy-hamkorlik_303012