Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“KOREYS TILI VA TARAQQIYOTI HAMKORLIGI” XALQARO O’QUV DASTURIDA TDSHU “KOREYASHUNOSLIK” FAKULTETI O’QITUVCHILARI G’OLIBLIKNI QO’LGA KIRITISHDI

07.10.2021, 08:14 Yangiliklar 1516

Joriy yilning 19-iyul sanasidan 6-oktabr sanasiga qadar KOICA xalqaro tashkiloti tomonidan Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha OTM professor-o‘qituvchilari uchun “Koreys tili va taraqqiyoti hamkorligi” xalqaro o‘quv dasturi doirasida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Ko‘plab iste’dodli va yuksak salohiyatga ega bo‘lgan koreys tili o‘qituvchilari qatorida ushbu o‘quv dasturida TDSHU “Koreyashunoslik” fakulteti o‘qituvchilari ham ishtirok etdilar. Mazkur kursda koreys filologiyasi kafedrasi professori, f.f.d. N.D.Kim, katta o‘qituvchi, PhD, G.D. Yunusova, hamda o‘qituvchi B.A. Mirsharipovalar malaka oshirishdi.

O‘quv dasturi yakunida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ijodiy ish va loyihalar bo‘yicha tanlov tashkil etildi. Tanlovda katta o‘qituvchi, PhD, G.D. Yunusova hamda o‘qituvchi B.A. Mirsharipovalar tomonidan taqdim etilgan ijodiy loyihalar tanlov hakamlari tomonidan alohida e’tirof etildi. Mazkur ijodiy ishlarning mualliflari g‘olib deb topilib, ularga KOICA xalqaro tashkilotining sertifikatlari topshirildi.

TDSHU Matbuot xizmati