Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro kuzatuvchi Fariza Binti Md Shamning TDSHUga tashrifi

22.10.2021, 19:59 Yangiliklar 1690

Joriy yilning 24-oktabrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Malayziyaning Milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiya insituti direktori Fariza binti Md Sham 2021-yil 22-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuv jarayonida mehmonga TDSHU faoliyati, shu jumladan malay tilini rivojlantirishda olib borilayotgan o‘quv va tadqiqot ishlari haqida ma’lumot berildi hamda Malayziyaning Milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiya insituti bilan istiqbolda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hamkorlik yo‘nalishlari va Malayziyadan mutaxassis professor-o‘qituvchilarning universitet ta’lim jarayoniga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, TDSHUda malay tilidan tahsil olayotgan talabalar bilan mehmon o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi.

EF964306-136B-4FF5-8636-E6C3CE2F94FC

80E496AC-CC27-4C24-8C2B-0D8A35C05E4C

TDSHU matbuot xizmati