Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

🇺🇿”O‘zbekiston madaniy merosi — uchinchi Renessans poydevori” xalqaro kongressi

23.10.2021, 07:51 Yangiliklar 1555

“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” kitob-albomlari dunyoda o‘xshashi yo‘q noyob madaniy-tarixiy multimedia loyihasidir. U O‘zbekiston hududida yaratilgan, ammo turli sabablarga ko‘ra bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi u yoki bu muzeyda yoxud xususiy to‘plamlarda saqlanayotgan moddiy va badiiy madaniyat merosini to‘plash, o‘rganish, shuningdek, nashr etishni ko‘zda tutadi.

2021-yilning 22-oktabrida Yoshlar ijodiyot saroyi media markazida “O‘zbekiston madaniy merosi — uchinchi Renessans poydevori” xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda TDSHU rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna ishtirok etdi. Loyiha doirasida TDSHU kutubxonasiga 35 jild kitob taqdim qilindi.

C9D42CDE-0B04-4A38-BF22-46381FDEB4CD

TDSHU Matbuot xizmati