Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Diqqat! Aziz talaba-qizlar, opa-singillar!

28.10.2021, 19:29 E'lonlar 1347

Agar siz ta’lim olayotgan yoki mehnat qilayotgan oliygoh, professional ta’lim muassasasida sizga nisbatan biron-bir ko‘rinishda tegajog‘lik, tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etilgan bo‘lsa, yoxud ana shunday nojo‘ya xatti- harakatlar tahdidi ostida bo‘lsangiz yoki guvohi bo‘lgan bo‘lsangiz, hech ikkilanmay Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1006 ishonch telefoniga @himoya_otv_bot ga murojaat qiling!

Shaxsingiz va shaxsiy ma’lumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Sizga zarur bo‘lgan barcha yordam ko‘rsatiladi, nojo‘ya xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik, sodir etilgan har bir holat bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi. 

Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, muhtarama ayollarimizning, aziz opa-singillarimizning sha’ni, qadr-qimmati, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vazirligimiz uchun ustuvor ahamiyatga egadir.