Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI talabalari xotira kechalarida ishtirok etishdi

01.12.2018, 12:55 Yangiliklar 2684

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog‘risida”gi PQ-33652-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan joriy yilning 17-yanvarida tasdiqlangan 01-07/1-2256 sonli chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Yozuvchilar uyishmasida shoir, adabiyotshunos olimlar, adib va yozuvchilarning xotira kechalari muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

2018-yilning 28-noyabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir, tarjimon, adabiyot tanqidchisi Matnazar Abdulhakim tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Qancha sevsang shuncha yashaysan faqat” nomli xotira kechasi tashkil etilgan bo‘lsa, 2018-yilning 30-noyabr kuni shoir hamda tarjimon Asqar Mahkam tavalludining 60-yilligi munosabati bilan xotira kechasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirlarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi fakultetining 100 ga yaqin talabalari ishtirok etishdi. Talabalar xotira kechasida Matnazar Abdulhakim hamda Asqar Mahkam ijodi bilan yaqindan tanishish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

0_16739c_7b36f289_orig0_16160e_82f7f369_orig