Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Ajdodlar ruhi mangu barhayot” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda

14.02.2019, 14:16 Yangiliklar 2801

2019-yilning 14-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Tarix va falsafa fakulteti tomonidan buyuk bobokalonlarimiz, o’zbek tilining asoschisi, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligini munosib nishonlash maqsadida “Ajdodlar ruhi mangu barhayot” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati,  professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirni institut o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektori A.Vohidov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng TDSHI professori, navoiyshunos olim, f.f.d. B.To’xliyev so’zga chiqib, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ijodiy me’rosi, davlat va jamoat arbobi sifatidagi insoniy fazilatlari, bosib o‘tgan hayot yo‘li haqida ma’ruza qilib, ularning beqiyos ijodini har tomonlama chuqur o‘rganishning bugungi kundagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. TDSHI Janubiy Osiyo tillari kafedrasi mudiri, f.f.d. U.Muhibova o’z ma’ruzasida Boburiylar davri adabiyotining o’ziga xos xususiyatlari, ushbu sulolaning Hindiston taraqqiyoti va jahon sivilizatsiyasidagi o’rni haqida ma’lumotlar berdi.

Tadbir davomida Tarix va falsafa fakulteti talabalari tomonidan ikki buyuk siymo qalamiga mansub g’azal va ruboiylar ijro etildi, sahna chiqishlari tadqim etildi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari tomonidan kuylangan go‘zal kuy va qo‘shiqlar tadbirga o’zgacha ko’rk bag’ishladi.

IMG_2090photo_2019-02-14_15-38-29photo_2019-02-14_15-38-04photo_2019-02-14_15-37-57photo_2019-02-14_15-37-40photo_2019-02-14_15-38-12photo_2019-02-14_15-38-08photo_2019-02-14_15-38-00photo_2019-02-14_15-38-00photo_2019-02-14_15-38-16 photo_2019-02-14_15-38-20 photo_2019-02-14_15-38-26photo_2019-02-14_15-37-49