Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xitoy Xalq Respublikasi CCTV-4 telekanali “Olisdagi vatan” teleko‘rsatuvida TDSHI tayanch doktoranti bilan suhbati namoyish etildi (video)

09.04.2019, 17:29 Yangiliklar 2100

2019-yil 5-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasi CCTV-4 telekanali “远方的家” (Yuanfangde jia – “Olisdagi vatan”) teleko‘rsatuvi “Bir makon, bir yo‘l” (一带一路) s’yomka guruhi O‘zbekistondagi sayohati davomida sura’tga olgan ko‘rsatuvining Konfusiyning “Suhbat va mulohazalar” (“Lunyuy”) asarining o‘zbek tiliga o‘girilgan tarjimasiga bag‘ishlangan qismi telekanalda namoyish etildi. Mazkur ko‘rsatuvda ushbu asarni xitoy tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tayanch doktoranti Nargiza Ismatullayeva va mazkur tarjima asarining tahrir ishlari bilan shug‘ullangan tarjimashunos olim Ibrohim G‘ofurov, jurnalist Muhammadjon Obidovlardan olingan intervyu namoyish qilindi.