Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Akademik litseyda 2021-2022 o‘quv yiliga qabul jarayonlari

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYDA 2021-2022 O‘QUV YILIGA QABUL JARAYONLARI

       1.Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti akademik litseyiga hujjatlar 2021 yil 20-iyunidan 30-iyunigacha qabul qilinadi.

2.Akademik litseyga umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilari o‘z hujjatlarini an’anaviy tarzda, ya’ni akademik litseyga tashrif buyurib yoki litsey.edu.uz rasmiy portali orqali onlayn topshirishlari mumkin.

HUJJATLAR AKADEMIK LITSEYDA AN’ANAVIY USULDA QUYIDAGI TARTIBDA TOPSHIRILADI:

O‘quvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar akademik litseylarda tashkil etilgan Maslahat kengashlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

1.Ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan ariza (chet tilidan saralash imtihoni topshirish belgilangan yo‘nalishlarda arizada qaysi chet tilidan saralash imtihonni topshirish hamda imtihonni o‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);

2.Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport/ID-karta) nusxasi;

  1. 3. 3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 6 ta rangli fotosurat (oq fonda).
  2. O‘qishga imtiyozli kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni ham topshiradilar.

HUJJATLAR ONLAYN USULDA

litsey.edu.uz

PORTALI ORQALI TOPShIRILADI.

 

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYIGA 2021-2022 O‘QUV YILIGA

  • Hujjatlarni qabul qilish muddatlari va tartiblari;
  • Ta’lim yo‘nalishlari va xorijiy til guruhlariga qabul qilish kvotalari;
  • Iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish imtihoni turlari va bosqichlari;
  • Kelib tushgan hujjatlar soni
  • va boshqa ma’lumotlarni quyidagi usullarda olish mumkin:

1.Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti akademik litseyining “MASLAHAT GURUHI” va CALL CENTR xodimlaridan 71 224-15-51 telefon raqami orqali.

  1. Akademik litseyning www.oriental.zn.uz rasmiy sayti orqali;
  1. 91 124-15-50 telefon raqamidagi “TDSHU akademik litseyi qabul 2021” telegramm kanali yordamida (havolasi: https://t.me/sharqshunoslik_litseyi_2021)

4.Akademik litseyning hududiga tashrif buyurib ma’lumotlar stendlari va qabulga oid lavhalar orqali.

 

Akademik litsey manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 7-kvartal, mo‘ljal “Korzinka.uz” supermarketi.

Transport: 6, 24, 43, 50, 51, 83, 96, 121-avtobuslarning “7-kvartal bekati”

 

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYIDA O‘QISHGA MARHAMAT!!!

Akademik litsey-2021

08.07.2021, 08:03 37395