Akademik mobillikda yangi bosqich!
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti (TIFT) o‘rtasida akademik mobillik bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Mazkur hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida:
— talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi
— qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish
— ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish
— zamonaviy bilim va tajriba almashinuvini kengaytirish
kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Ushbu kelishuv orqali talabalar uchun xalqaro va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirish, o‘qituvchilar uchun esa yangi ilmiy va pedagogik imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilgan.
Hamkorlik ikki universitet o‘rtasida o‘zaro ishonch va strategik rivojlanishga asoslangan bo‘lib, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.


