Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Ayol maʼnaviyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

07.01.2021, 16:16 Yangiliklar 1297

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti qishki tatil rejasiga muvofiq Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 7-yanvar kuni “Ayol maʼnaviyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida i.f.d., professor G.N.Axunova va psixologiya fanlari nomzodi, dotsent F.Akromova ishtirok etishdi. Davra suhbatini fakultet dekani Ch.Xusanov ayollarga va talaba qizlarga bildirilgan o‘zining samimiy tilaklari ila ochib berdi. Davra suhbati davomida O‘zbekiston respublikasida xotin-qizlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, yoshlarga bildirilayotgan ishonch, hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning
Oliy majlisga”Murojaatnoma”sida mamlakatimizning siyosiy hayotida, davlat va jamiyat boshqaruvida, iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlarida, madaniyat, ilmu fan, xalq talimi, sog‘liqni saqlash, sport kabi ijtimoiy sohalarda ayollarimizning o‘rni va roli ortib borayotganligi ayniqsa etiborliligi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, o‘zbek ayolining o‘ziga xos fazilatlari, oilada qiz bolaning tarbiyasi, uning odob-ahloqi borasida fikrlar bildirildi. O‘zbek ayolining matonati, mehnatsevarligi va sabrliligi alohida taʼkidlanib o‘tildi. Mazkur davra suhbati jonli muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi.

photo_2022-10-08_16-18-02