Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“AZ CAPITAL” investitsion kompaniyasidan seminar-trening

23.11.2018, 18:31 Yangiliklar 2334

2018-yilning 23-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati, Xitoyshunoslik va Koreyashunoslik fakultetining iqtisodiy ta’lim yo’nalishi talabalari uchun “AZ CAPITAL” investitsion kompaniyasi tomonidan bugungi kundagi moliya bozorining xususiyatlari, uning ravnaq topishiga kerakli sharoit yaratish va mulkdor bo’lish imkoniyatlari bo’yicha seminar-trening o’tkazildi.

Treningda TDSHI rahbariyati, professor-o’qituvchilar va 200 dan ortiq talabalar ishtirok etishdi. Seminar-treningda moliya bozorining xususiyatlari bilan bir qatorda uning zamonaviy elementlaridan bo’lgan “kripto-birjalar”, “kripto-aktivlar aylanmasi”, iqtisodiyot sohasiga kirib borayotgan “blokcheyn texnologiyalari”, “treyderlik faoliyati” kabi mavzular ham yoritib berildi. Treningda iqtisodiy ta’lim yo’nalishi talabalari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish va moliya bozorining innovatsion instrumentlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishdi.

IMG_2277

IMG_2279