“Barqaror iqtisodiy o‘sish: yashil iqtisodiyot tamoyillari va amaliyotlarini integratsiyalash” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

2025-yil 12-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tomonida “Barqaror iqtisodiy o‘sish: yashil iqtisodiyot tamoyillari va amaliyotlarini integratsiyalash (Sustainable Economic Growth: Integrating Green Economy Principles and Practices)” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazish rejalashtirilgan.
Anjumanda ilmiy maqolalar to‘plamini chop etish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan 2025 -yil 5-aprelcha bo‘lgan muddatda ilmiy maqola va tezislarni o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida anjuman tahririyatiga elektron ko‘rinishda yuborishingizni so‘raymiz.
Konferensiyaning asosiy mavzulari (seksiyalar):
Barqaror iqtisodiy o‘sish va yashil iqtisodiyot tamoyillari: nazariya va amaliyot;
Iqtisodiy integratsiya va yashil iqtisodiyotni rivojlantirish tajribalari;
Iqtisodiyotni yashillashtirishda innovatsiyalar va texnologiyalarning roli;
Mintaqaviy hamkorlik va yashil iqtisodiy tashabbuslar;
Yashil moliyalashtirish va investitsiyalar;
Barqaror rivojlanish maqsadlari va yashil iqtisodiy siyosat;
Ijtimoiy masalalar va yashil iqtisodiyotning inson taraqqiyotiga ta’siri
Koferensiyaga qabul qilingan materiallar Scopus, Google Scholar, Cyberleninka, Index Copernicus, Zenodo, OpenAire, EuroPub xalqaro bazalarida indekslanadi.
Maqolalar @Mehri_Xasanovna yoki @bintusaid27 telegram manzillari orqali qabul qilinadi.