Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Baxt birlikda, hamjihatlikdadir.

06.07.2022, 13:29 Yangiliklar 2211

Bugun Qoraqalpog‘istonda bo‘layotgan voqealardan har bir o‘zbekistonlikning dili ozurda, hayron. Farovon Nukus ko‘chalari, so‘lim Aqchako‘l, o‘z dardi o‘ziga yetarli Orol hayron, mening nazarimda.
Do‘stlik desa jonini bergan qoraqalpoq jigarlarga ne bo‘ldi? Qaysi ichi qora fosiqlar yo‘ldan urishga harakat qilmoqda?. Bir daryodan suv ichgan Amudaryo bolalari “shaytonlar” vasvasasiga uchmang! Tarixi bir, kelajagi bir, bir otaning urvoqlari to‘g‘ri yo‘l tanlashingizga men ishonaman. Ulug‘ qoraqalpoq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov quyidagi satrlarini yozganda qoraqalpoq xalqi nomidan so‘zlamaganmidi?!
O‘zga emas, o‘z jonimsan,
Go‘zal O‘zbekistonimsan.
Kamroq sevsam bu o‘lkani,
Qoraqalpoq dema mani.
Bir kun janjal bo‘lgan joydan, qirq kun baraka ketadi degan xalqimizning dono o‘giti bor. El-yurt osudaligini o‘ylaylik. Hurmatli Prezidentimizning: “Bizni maqsadimiz shu Vatanda millati, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar emin erkin yashash”- degan so‘zlarini unutmaylik.
Niyati buzuq g‘alamislarning turli qutqulariga uchmasdan, yurt tinchligi, birdamligimiz, Vatanimiz kelajagi uchun aql bilan harakat qilish har bir vijdonli vatandoshning burchidir. Do‘stligimiz abadiyligiga ishonch qalbimiz to‘rida bo‘lsin.

Adhambek Alimbekov
TDShU professori.

    WordPress Lab Ninja Forms – Unique Fields Ninja Forms Webhooks Ninja Forms Webhooks Ninja Popup Rest API Ninja Popups – Popup Plugin for WordPress Ninja Tables Pro | The Fastest and Most Diverse WP DataTables Plugin Ninja Widget Extra Add-on NioBis – Consulting WordPress Theme Niqui – Vape Store WooCommerce WordPress Theme Niro – Creative Agency & Portfolio WordPress Theme