Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Bepul ta’lim olish imkoniyati yaratildi

24.08.2020, 11:38 Yangiliklar 2520

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Coursera platformasida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlarining 430 ta yo‘nalishlar bo‘yicha 3 800 turdagi o‘quv kurslarida oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi 150 000 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun bepul ta’lim olish imkoniyati yaratildi.

Aksariyat kurslar va mutaxassisliklarda ta’lim olish odatda obuna asosida oyiga 39-79 AQSh dollarini tashkil etadi. Onlayn kurslar ingliz yoki rus tillarida olib boriladi.

Hozirgi kunda 46 ta OTMni so‘roviga asosan Coursera platformasida OTM profillari ochildi.  (Ro‘yxatda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ham bor)

Ilovadagi havola orqali professor-o‘qituvchilar va talabalar ushbu platformadan 31 sentyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishi mumkin hamda 31 dekabrga qadar kurslardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud.

Mazkur kurslarda ta’lim olish uchun tinglovchilardan ingliz tili yoki rus tilini bilish darajasi kamida B1 bo‘lishi talab etiladi.

Ma’lumot uchun: Ertaga El-yurt umidi jamg‘armasi tomonidan  o‘tkaziladigan taqdimotda ham “Ommaviy ochiq onlayn kurslar: Cousera va boshqa onlayn platformalar” haqida ma’lumotlar berilar ekan.

Ushbu havolalar orqali OTMlarning professor-o‘qituvchilari va talabalari ro‘yxatdan o‘tib kurslardan bepul foydalanishlari mumkin. 👇👇👇

https://docs.google.com/spreadsheets/d/1lAuB4q_ZzQhWJBR0Voo9EhGu6sFCzepOvJOaYM-EecM/edit#gid=0