Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Besh tashbbus olimpiadasi”ning Zakovat turi boʻyicha guruhlararo fakultet bosqichi davom etmoqda

26.09.2023, 12:20 Yangiliklar 296

Xitoyshunoslik va Kechki va sirtqi boʻlim fakultetida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

Qizgʻin, jarayonlarga va hayajonga boy boʻlgan fakultet bosqichida 5 ta ishtirokchidan iborat boʻlgan 10 ta jamoa ishtirok etdi.
Bahslar soʻngida Kechki va sirtqi boʻlim talabalari oʻrtasidan “Atom” jamoasi hamda Xitoyshunoslik fakulteti talabalari oʻrtasidan “Yongan” jamoasi faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

photo_2023-10-07_12-21-32

Gʻolib boʻlgan jamoalarga TDSHU yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan diplomlar topshirildi.

Intellektual bahslarga qiziquvchi talaba-yoshlarni oʻz jamoalarini shakllantirgan holda loyihalarimizda ishtirok etishga chorlab qolamiz!

photo_2023-10-07_12-21-25