Bizning talaba g’olib bo’ldi
BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi (UNODC)), Tinchlikni tiklash jamg‘armasi (UN Peacebuilding Fund) hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “Farg‘ona vodiysi yoshlar ijtimoiy uyg‘unligi uchun” loyihasi doirasida odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosining oldini olish maqsadida “Yoshlar odam savdosiga qarshi!” mavzusida maqolalar tanlovi e’lon qilingandi.
Tanlovning yakuniy natijalari bo‘yicha “Eng yosh muallif” nominatsiyasida Koreyashunoslik fakulteti “Jahon siyosati” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Tuxtasinov Nurillo Ismoiljon o‘g‘li “Ustuvor yo‘nalishlar belgilangan, endi ularni amalga oshirish uchun mustahkam tamoyil kerak” mavzuidagi maqolasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi 🎁👏
G‘olibimizni yuksak e’tirof bilan qutlaymiz hamda keyingi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.