Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

«BRMning 4-Ta’lim sifati» doirasida joriy yilning 29-noyabr kuni yapon tiliga ixtisoslashtirilgan 133-idum da Yapon madaniyati kuni o‘tkazildi.

29.11.2022, 11:34 Yangiliklar 2177

SDG 4

TDSHU Yapon filologiyasi kafedrasi hamkorlari bo‘lmish Tsukuba Universiteti va 133-maktab bilan birgalikda “BRMning 17-Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik” va «BRMning 4-Ta’lim sifati» doirasida joriy yilning 29-noyabr kuni yapon tiliga ixtisoslashtirilgan 133-idum da Yapon madaniyati kuni o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yapon filologiyasi kafedrasining yetakchi mutaxassislari N.Xalmurzayeva, N.Tursunova hamda ushbu universitetning hamkori Yaponiyaning Tsukuba universiteti “Global tarmoqda Yaponiyada ta’lim” loyihasi ilmiy xodimi Ph.D Tatiana Yahiro, universitet xalqaro ishlar administratori, Ph.D Yuji Kajiyama, hamdo‘stlik davlatlari mintaqasi bo‘yicha mas’ul xodim Noriko Jibiki va professor Ito Hironorilar qatnashdilar.

133-maktab o‘quvchilari uchun Tsukuba Universiteti delegatsiyasi a’zolari Tsukuba universiteti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ushbu universitet faoliyati haqida taqdimot o‘tkazdilar. Shuningdek, yapon tili bo’yicha o‘tkazilgan kichik olimpiada g‘oliblari maktab direktori tomonidan “direktor stipendiyasi” bilan rag‘batlantirildi. Tadbir ko ‘tarinki ruhda nishonlandi. 5-6 sinf o‘quvchilari tomonidan yapon tilida she’r va qo‘shiqlar ijro qilindi, bolalar yapon milliy raqslariga tushib mehmonlarni xushnud qildilar.

Tsukuba universitetidan tashrif byurgan delegatsiya a’zolari maktabdagi yapon tili ta’limi yaxshi yo‘lga qo‘yilganligidan juda mamnun bo‘lidilar va maktab rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdilar.

 

    WordPress Lab Savelife – Charity & Donation WordPress Theme Savoy – Minimalist AJAX WooCommerce Theme Saxon – Viral Content Blog & Magazine Marketing WordPress Theme Scandi – Furniture Store and Home Decor Shop WooCommerce Theme Schedule Report For Advanced CF7 DB School Management - Education & Learning Management system for WordPress School Time – Modern Education WordPress Theme Schooly – Education & Online Courses Elementor Template Kit Scientia | Public Library & Book Store Education WordPress Theme Scooby – Pet Care and Pet Shop WordPress Theme