Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Bugun Toshkent davlat sharqshunoslik jamoasi uchun qutlug‘ kun

16.04.2022, 15:22 Yangiliklar 1897

Bugun universitetimizning tug‘ilgan kuni.

Bundan roppa – rosa ikki yil muqaddam 2020- yil 16- aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4680-sonli “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori e’lon qilingan edi. Ana shu tarixiy qaror bilan oliy o‘quv yurtimizga universitet maqomi berilgan edi.

Tarixiy qarordan ko‘chirma:

Sharqshunoslik sohasida xalqaro standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, ilm-fanni jadal rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning salohiyati, pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borish, talaba-yoshlarni sharqona qadriyatlar asosida tarbiyalashni takomillashtirish maqsadida:

  1. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkil etilsin.

Universitetimiz ushbu yuksak maqomga yetishish yo‘lida olis va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Bu tarixiy yo‘l to‘rt bosqichdan iborat:

  1. 1918- yil Turkiston sharqshunoslik insituti

  2. 1944- yil Sharq fakulteti

  3. 1991- yil Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

  4. 2020- 16- aprel Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.

Bayram qutlug‘ bo‘lsin aziz kasbdoshlar!!!