Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

BUYUK AJDODLARGA MUNOSIB VORIS BÖLIŞ — ILM VA MA’RIFAT BILAN

25.11.2026, 14:32 Yangiliklar 18

25-noyabr kuni Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti Şarq sivilizatsiyasi va falsafa fakultetida talabalar bilan mazkur mavzuda ma’rifiy uçraşuv va davra suhbati ötkazildi.

Muloqotda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning “Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub” asarida ilgari surilgan fikrlar, yoşlarning bilim olişi, özligini anglaşi va Vatan oldidagi mas’uliyati haqida suhbatlaşildi.

Davlatimiz rahbarining “Unutma, sizlar öz aql-zakovati bilan dunyoni özgartirgan, insoniyatga ustozlik qilgan ne-ne buyuk zotlarning avlodisiz”, degan sözlari uçraşuvning asosiy ğoyasiga hamohang böldi.

Suhbat davomida Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy va Mahmudxöja Behbudiy merosining bugungi yoşlar kamolotidagi ahamiyati muhokama qilindi. Ularning ilmga sadoqati, izlanuvçanligi va ma’rifatga intilişi talabalar uçun ibrat maktabi ekani ta’kidlandi.

Ajdodlarga munosib voris böliş kundalik öqiş, mustaqil izlaniş, xorijiy tillarni egallaş va kasbiy bilimlarni çuqur özlaştiriş orqali namoyon bölişi qayd etildi. Şuningdek, vaqtdan unumli foydalan iş, kitob mutolaasi, zamonaviy texnologiyalardan ongli foydalaniş hamda davlatimiz bayroğini milliy ğurur va şaraf timsoli sifatida e’zozlaş haqida fikr almaşildi.

Buyuk meros — yuksak mas’uliyat. Unga munosiblik esa bilim, mehnat va Vatanga naf keltiradigan amaliy işlar bilan belgilanadi.