Davlat xizmati – kelajak poydevori: TDSHUda seminar-trening bo‘lib o‘tdi!
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Xalqaro Grantlar va Karyera Rivoji” Akademiyasi tashabbusi bilan talabalar uchun navbatdagi amaliy seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilishning zamonaviy talablari, sohadagi yangi qonun va farmonlar hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilgan imkoniyatlar atroflicha muhokama qilindi.

Seminarda talabalar quyidagi muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi:
vacancy.argos.uz portali orqali hujjat topshirishning eng so‘nggi talablari;
Davlat tashkilotlarida ishlash uchun nomzodlardan kutiladigan asosiy ko‘nikmalar;
Saralash jarayonlarida (test va suhbat) nimalarga alohida e’tibor berish.
Ma’ruzachi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi bosh inspektori Alimjanova Kamola.
Tadbirda Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti dekani G. Arifjonov, Karyera markazi rahbari S. Maxatov, Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi N. Murodilloyev hamda institutning 4-bosqich bitiruvchi talabalari va tyutorlar ishtirok etishdi.

Muloqot davomida bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan bevosita javob olib, davlat boshqaruvidagi professional faoliyatlarini rejalashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalarga ega bo‘ldilar.