Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

DIQQAT, DIQQAT, DIQQAT!!!

09.11.2021, 16:19 E'lonlar 1974

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistraturasida qo‘shimcha o‘rinlarda o‘qish istagini bildirgan va mutaxassislik fani imtihonida 40 va undan yuqori ball to‘plagan abiturientlar qabul masalasi bo‘yicha 2021 yil 9 noyabridan universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Avazbek Ashiralievich Vaxidovga har kuni 09 00dan 17 00gacha (71) 233 34 28 telefon raqami orqali yoki shaxsan shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz so‘raladi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistratura mutaxassisliklarining barchasida birinchi o‘quv yili uchun oshirilgan shartnoma miqdorlari universitetning xususiyati, mavjud quvvatlari, moddiy- texnika bazasi hamda professor-o‘qituvchilar tarkibini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2021-yil 3-noyabrdagi 9-son majlis bayoni qaroriga muvofiq belgilangan va 13.896.000 (o‘n uch million sakkiz yuz to‘qson olti yuz ming) so‘mni tashkil etadi.
Shartnoma imzolagan abiturientlar shartnoma miqdorining kamida 50 foizini 2021-yilning 20-noyabrigacha(shu kuni ham) to‘lashlari shart.

TDSHU Qabul komissiyasi