Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Diqqat tanlov!

06.04.2020, 15:58 E'lonlar 2173

Hurmatli Toshkent davlat sharqshunoslik instituti ilmi toliblari! Koronavirus pandemiyasi chog‘ida uyda qolib, tinmay o‘zingizning yo‘nalishingiz bo‘yicha yangi bilimlarni o‘zlashtirayotganingiz, sohangiz bilan bog‘liq ko‘nikmalarngizni oshirayotganligingiz uchun Sizlarga minnatdorchilik bildiramiz.

Sizlarning mustaqil ta’lim olishga va bilim olish yo‘llarni mustaqil izlashga qaratayotgan sa’y-harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlagan holda hamda uyda kechayotgan vaqtingizni mazmunli va foydali tashkil etish maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti TANLOV e’lon qiladi.


I TANLOV: “Men uyda o‘z vaqtimni qanday o‘tkazayapman” mavzuida ijodiy ishlar tanlovi. Bunda mavzuga bag‘ishlab yozgan maqolaingiz, foto suratlaringiz, chizgan rasmlaringiz hamda mavzuga doir video roliklaringiz bilan qatnashishingiz mumkin.
Ushbu yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar 1ta 1-o‘rin, 2ta 2-o‘rin, 3ta 3-o‘rin bo‘yicha taqsimlanadi.

1-o‘rin uchun 500 000 so‘m,
2-o‘rin uchun 300.000 so‘m,
3-o‘rin uchun 200.000 so‘m miqdorida rag‘batlantiriladi.

 


II TANLOV: Yurtimiz tarixi va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilgan “Ulug‘lar izidan” video roliklar tanlovi.
Ushbu yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar 1ta 1-o‘rin, 2ta 2-o‘rin, 3ta 3-o‘rin bo‘yicha taqsimlanadi.
1-o‘rin uchun 500 000 so‘m,
2-o‘rin uchun 300.000 so‘m,
3-o‘rin uchun 200.000 so‘m miqdorida rag‘batlantiriladi.


III TANLOV: “Men shu aziz Vatan farzandiman” mavzusi bilan bog‘liq ijtimoiy va tarbiyaviy xarakterdagi video hamda audioroliklar tanlovi.
Ushbu yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar 1ta 1-o‘rin, 2ta 2-o‘rin, 3ta 3-o‘rin bo‘yicha taqsimlanadi.
1-o‘rin uchun 500 000 so‘m,
2-o‘rin uchun 300.000 so‘m,
3-o‘rin uchun 200.000 so‘m miqdorida rag‘batlantiriladi.


IV TANLOV: “Kitobxon talaba” tanlovi. Tanlov shartlari bilan “Nur sharqdan” kitobxonlik kanalida tanishishingiz mumkin.
Ushbu yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar 2ta
1-o‘rin, 3ta 2-o‘rin, 4ta 3-o‘rin bo‘yicha taqsimlanadi.
1-o‘rin uchun 500 000 so‘m,
2-o‘rin uchun 300.000 so‘m,
3-o‘rin uchun 200.000 so‘m miqdorida rag‘batlantiriladi.


Tanlovga ishlar 2020 yil 13 apreldan 25 aprelga qadar qabul qilinadi va quyidagi +998971336675 raqamli telegramm messenjeriga yuboriladi.
Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari 2020 yil aprel’ oyi oxrida institut rasmiy veb saytida e’lon qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
Nazokat Jo‘raevaning +998971336675 telefon raqamiga murojaat qiling.