Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Doʼstlik va ilm rishtalari: Hindiston Bosh vazirining Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrifi

30.08.2026, 20:08 Yangiliklar 73

2026-yil 30-avgust kuni Hindiston Respublikasi Bosh Vaziri Narendra Modi davlat tashrifi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmonning universitetga tashrifi ikki mamlakat oʼrtasidagi akademik hamkorlikka, jumladan, Oʼzbekistonda shakllangan hindshunoslik maktabining salmoqli yutuqlariga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning yaqqol ifodasi boʼldi.
Tashrif dasturi doirasida Hindiston Bosh vaziri universitet qoshidagi Mahatma Gandi nomidagi hindshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati oʼzbek hindshunos olimlari tomonidan yaratilgan yangi kitoblar bilan tanishdi.

Uchrashuvda hind tili va adabiyoti yoʼnalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida ikki mamlakat adabiy-madaniy aloqalarini ifodalovchi badiiy chiqishlar namoyish etildi. Xususan, Narendra Modining sheʼrlari oʼzbek tiliga tarjima qilinib, talabalar tomonidan oʼzbek va hind tillarida mahorat bilan ijro etildi.

 

Ushbu tarixiy tashrif Oʼzbekiston va Hindiston oʼrtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni yangi bosqichga koʼtarib, 2027 yilda nishonlanadigan milliy hindshunoslik maktabining 80 yillik yubileyi oldidan ulkan qadam boʼlib xizmat qiladi. Kelgusida Hindistonning yetakchi oliygohlari bilan hamkorlikda yangi taʼlim dasturlarini joriy etish, sanskrit tilini oʼqitish va yosh tadqiqotchilar uchun xalqaro loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.Bugungi bosqichda Oʼzbekiston–Hindiston ilmiy-madaniy hamkorligi tarixiy tajriba va zamonaviy akademik aloqalarning oʼzaro uygʼunlashuvi asosida rivojlanmoqda. Shu jihatdan, Narendra Modining Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrifi ikki mamlakat oʼrtasidagi tarixiy ilmiy aloqalarning bugungi akademik hamkorlikda yangi mazmun kasb etayotganini namoyon etdi.