Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreyada “O‘zbek tili” darsligi nashri

Koreyaning Hankuk chet tillar universiteti va TDSHU o‘rtasida imzolangan hamkorlik Memorandumi asosida ikki universitetda ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida, Hankuk chet tillar universitetida TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva, Hankuk universiteti professorlari Аziza Mashrabbekova hamda Lee Jieon bilan hamkorlikda tayyorlangan “O‘zbek tili. Standart darslik. B1 daraja” kitobi nashr etildi.

Mazkur darslik koreys talabalari uchun tayyorlangan bo‘lib, xorijliklar uchun o‘zbek tilini bilish B1 Xalqaro darajasini o‘zlashtirish uchun mo‘ljallangan.

Kursning uslubiy modeli xorijiy til o‘qituvchilariga yaxshi ma’lum bo‘lgan ongli amaliy usul asosida ishlab chiqilgan. Shuningdek, darslik har tomonlama samarali bo‘lishi uchun koreys va o‘zbek madaniyati, mentaliteti, grammatikasi, adabiy leksika va og‘zaki nutq shakllari borasidagi nisbiylik saqlab qolingan. Mazkur darslikni nashr qilinishi ikkinomonlama hamkorlikni yanada kuchaytirishga hamda talabalar bilimini yanada oshirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.

photo_2023-08-10_11-49-55

 

10.08.2023, 11:54 558