Endilikda har shanba soat 18:00 da Dunyo bo’ylab telekanalida Achilov Azlarxon bilan dolzarb siyosiy voqealar sharhi bilan tanishishingiz mumkin

#TDSHU_OAVda
Hurmatli sharqshunoslar!
Endilikda har shanba soat 18:00 da Dunyo bo’ylab telekanalida Achilov Azlarxon bilan dolzarb siyosiy voqealar sharhi bilan tanishishingiz mumkin.
Bu sonda ekspertlar Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston prezidentlarining Xoʻjandda oʻtgan uch tomonlama uchrashuvi yakunlari hamda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti yakunlarini muhokama qildilar. TDSHU “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Nikolaeva K.S. Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro iqlim forumining borishi haqida gapirdi.