Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU professor-o‘qituvchilarining sport musobaqalarida faol ishtiroki

O‘zbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasining Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarini sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek turli kasb kasalliklaridan sport va sog‘lom turmush tarzi orqali muhofaza qilish maqsadida oliy taʼlim professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida joriy yilning 2 – noyabr kuni “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida o‘tkazilgan sport musobaqasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari ham faol ishtirok etishdi. Jumladan Sharq mamlakatlari tarixi va antoropologiyasi kafedrasi dotsenti Xudoyberdiyev Aziz Xilyamovich erkaklar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha 3-o‘rinni, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent Sodiqova Shirin Baxtiyorovna ayollar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha 3-o‘rinni, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti To‘ychiboyeva Shaxnoza Shakirovna ayollar o‘rtasida shashka sport turi bo‘yicha 4-o‘rinni, Xitoy filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Raxmatullayeva Dilshada Maratovna ayollar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha 4-o‘rinni egalladilar. G‘oliblarimiz O‘zbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek sportning shaxmat turi Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti tyutori Izzatbek Raximboyev, futbol turi bo‘yicha musobaqalarda universitetimizning fidoiy yigitlari Jahongir Jovmirov, Diyorbek Narimanov, Farxod Dehqonov, Adxamjon Qodirjonov, Nodir Vaxobov, Islom Abduxakimov va Zokirov Bexzodjonlar faol ishtirok etishdi. Barcha fakultet ayollaridan jamoalar tashkil qilindi va ular o’rtasida voleybol sport turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi. Musobaqada faol ishtirok etgan barcha ishtirokchilarimizga universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi nomidan samimiy minnatdorchilik bildirildi.

1 2 3  4

15.06.2023, 15:28 685