Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Mehribonlik uyiga tashrif

2023-yilning 18-dekabr sanasi kuni Koreyashunoslik fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Yashnobod tumanida joylashgan 30-son mehribonlik uyiga tashrif buyurdilar. Tashrif chog‘ida professor-o‘qituvchilar tarbiyalanuvchilarning qiziqishlari, to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. To‘liq davlat ta’minotidagi muassasa bo‘lishiga qaramay, tarbiyalanuvchilar uchun chetdan ko‘rsatilgan e’tibor juda qadrli hamda muhim. Tashrif yakunida tarbiyalanuvchilarga yangi yil sovg‘alari ulashildi.

2023-yilning 20-dekabr sanasida ham Koreyashunoslik fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Mehribonlik uyi sobiq tarbiyalanuvchisi, TDShU Filologiya va tillarni o‘qitish (koreys tili) yo‘nalishi 3 kurs talabasi Jo‘rayeva Sevinchga yangi yil sovg‘asini berdilar.

photo_2024-01-18_12-08-03

18.01.2024, 12:09 209