Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Universitetga kirish arizalarini qabul qilinishi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti aholining barcha guruh qatlamlaridan o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalarni qabul qiladi, chunki O‘zbekistonda Konstitutsiyaga muvofiq barcha bilim olish xuquqiga ega.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining faoliyati yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z mas’uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini to‘g‘ri anglaydigan va uni qo‘llab-quvvatlaydigan vatanparvar va xalqparvar, tashab-buskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uyg‘oq, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishga qodir mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Shuning uchun talabalikka qabul qilinayotgan abiturientlar universitetning odob-ahloq qoidalariga amal qilishlari lozim. Mana shu qoidalarga amal qilishni o‘z bo‘yniga olgan barcha abiturientlarni sharqshunoslik universiteti o‘zining talabalari qatorida ko‘rishdan mamnun bo‘ladi.
Universitet odob-ahloq qoidalari:
– universitet jamoa a’zolarining mafkuraviy immunitetini o‘stirish va himoya qilishga;
– yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tuban “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga ko‘maklashishdan iborat.

25.09.2023, 17:17 545