Korrupsiyaga qarshi madaniyatni oshirish bo‘yicha anonim so‘rovnoma
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida “Sovgʻa berish, mehmondoʻstlik va korrupsiya” mavzusida anonim so‘rovnoma e’lon qilindi. Mazkur tashabbus BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida SDG 16 – korrupsiyaga qarshi kurashish, hisobdor va samarali institutlarni rivojlantirish hamda qonun ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
So‘rovnoma orqali korrupsiyaga oid xavf omillarini aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish hamda muassasalarda ochiqlik va halollik muhitini kuchaytirish ko‘zda tutilgan. Bildirilgan barcha javoblar to‘liq anonim tarzda saqlanadi, bu esa ishtirokchilarning erkin fikr bildirishiga imkon yaratadi.
Barcha xodimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishga chaqiriladi. Ushbu tashabbus korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish va adolatli jamiyat barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
https://forms.gle/dLo88U4YYdr4EgCS7