Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Diskriminatsiyaga qarshi siyosat

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkilot sifatida kamsitishga va ta’qibga qarshi siyosat olib boradi. Siyosatning asosiy tamoyillari universitetning odob-ahloq qoidalari kitobida aks ettirilgan. Mazkur kitobning “jamoa a’zolarining odob-axloqiga oid umumiy qoidalar” bo‘limida quyidagilar ta’kidlangan:

  • universitetda hamjihatlik, o‘zaro ishonch, hurmat, bir-bi­riga g‘amxo‘rlik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining o‘za­ro munosabatlaridagi muhim shartlardan biridir.
  • Universitetda o‘zaro munosabatlarning asosiy tamoyili – bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini poymol qilmasligi lozim. Jamoa a’zosi bo‘lgan universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalarining so‘z erkinligi ularga birovga tuhmat yoki haqorat qilish, o‘zaro munosabatlarda umume’tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslik, o‘zaro muloqotlarda behayo so‘zlardan foydalanish huquqini bermaydi.
  • Universitetda faqat o‘zaro “Siz” deb murojaat qilish odat tusiga kirishi lozim.
  • Universitet jamoa a’zolari turli tadbirlarda (majlislar, tantanali yig‘ilishlar, amaliy uchrashuvlar, bayramlarda) so‘zga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, osoyishtalik va tinchlikka rioya etishi shart. Zarurat taqozo etsa, bir notiq o‘z so‘zini tugatib, boshqasi so‘z boshlashiga qadar yuzaga keladigan uzilish vaqtida zaldan chiqib ketish mumkin.

Mazkur kitobning “Professor-o‘qituvchilarning o‘zaro munosabatlari” nomli bo‘limida quyidagilar ta’kidlangan:

  • Professor-o‘qituvchilarning o‘zaro munosabatlarida – yagona jamoa, o‘zaro hurmat va e’tibor, do‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim.
  • Professor-o‘qituvchilar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, o‘zganing intelektual mulkini o‘zlashtirib olish, qo‘pollik, behayo so‘zlar ishlatish, mushtlashish, o‘zgalarga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qat’iyan man etiladi.

 

20.09.2023, 12:53 833