Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ogahiy nomidagi maxsus stipendiya sovrindorlari

2022-yil 29-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Kengashining 9-majlisida “Ogahiy nomidagi maxsus stipendiya bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakunlari va Ogahiy nomidagi maxsus stipendiya taynlash to‘g‘risida”gi masala muhokama qilindi.

Stipendiya Tanlov komissiyasi xulosalari asosida universitet Kengashi 4 nafar talabaga 2021-2022-o‘quv yili davomida “Ogahiy nomidagi maxsus stipendiya” tayinlashga qaror qabul qildi. Ularning 3 nafari universitetimizning iqtidorli qizlari – Abdulazizova Mahbuba Umidjon qizi, Elliyeva Sadoqat Axmat qizi, Yo‘lchiyeva Yorqinoy Umarboy qizi va 4-talabamiz Turdialiyev Obidjon Sodiqjon o‘g‘lidir.

Universitet Kengashining maxsus stipendiya tayinlash to‘g‘risidagi qarori rektor buyrug‘i asosida kuchga kirdi.

Maxsus stipendiyaga sazovor bo‘lgan talabalarga 2022-yilning 20-may kuni “Ogahiy nomidagi stipendiya sovrindori” guvohnomasi berildi. Maxsus stipendiya talabalarga bir o‘quv yili davomida sentabr oyidan boshlab berildi. Stipendiya miqdori Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarori
2-ilovasining 2-bandiga muvofiq, 1 207 461 so‘m etib belgilangan.

photo_2023-08-21_23-25-40

21.08.2023, 23:27 502