Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari

2025-yil 23–25-may kunlari Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti Xitoyshunoslik oliy maktabi professor-o‘qituvchilari tomonidan universitetga biriktirilgan mahallalardagi maktab va litsey bitiruvchilari uchun kasbga yo‘naltirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi. Ushbu tashabbus BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida SDG 8 – yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlash, kasbiy yo‘nalishni to‘g‘ri tanlashga ko‘maklashish va inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga zamonaviy mehnat bozori talablari, kasb tanlash mezonlari, Xitoyshunoslik yo‘nalishi va til o‘rganish orqali yaratiladigan bandlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, oliy ta’limda mavjud yo‘nalishlar va kelajakdagi kasbiy istiqbollar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Mazkur targ‘ibot ishlari bitiruvchi yoshlarning ongli kasb tanlashiga ko‘maklashish, ularning mehnat bozoriga tayyorligini oshirish hamda kelgusida barqaror iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shuvchi malakali kadrlar sifatida shakllanishiga xizmat qildi.

17.06.2026, 11:49 18

    WordPress Lab Aequity - Law WordPress Theme Aero for WordPress – Image Hover Effects Aesthetica – Plastic Surgery & Beauty Clinic WordPress Theme Aether – AI Agency & Technology WordPress Theme Aether Content Hider Plugin for WordPress Aethos – Creative Agency WordPress Theme Aevent – Conference & Event WordPress Theme Affiliate Egg – Niche Affiliate Marketing WordPress Plugin Affiliate Egg Pro – Niche Affiliate Marketing WordPress Plugin Affiliate Elements for Elementor