Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Talabalar uchun konferensiya

2023-yil 30-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik” kafedrasi tomonidan iqtidorli magistr va bakalavr talabalarini ilmiy tadqiqotlarga jalb etish uchun “Sharq xalqlari adabiyoti buguni va ertasi” mavzusida an’anaviy konferensiya bo‘lib o‘tdi.  Konferensiyani TDSHU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor prof. D.B.Sayfullayev ochib berdi. Konferensiyada universitetning sharq xalqlari adabiyoti bo‘yicha tadqiqotlar olib borayotgan iqtidorli magistr va bakalavr bosqichining kunduzgi va kechki kurs talabalari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Konferensiyada har bir ma’ruza kafedraning ustozlari tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi hamda yakunda yosh tadqiqotchilarga professorlar tomonidan zarur maslahatlar berildi.

photo_2024-03-06_17-51-18

06.03.2024, 17:52 150