Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Hozirgi zamon psixologlari: Muammo va yechimlar

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-avgustdagi 396-sonli buyrugʻi 4-ilovasi bilan tasdiqlangan namunaviy rejaning 4-bandiga ko‘ra, 22-noyabr – “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan “Hozirgi zamon psixologlari: Muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminarini tashkil etish, ijrosini taʼminlash hamda psixologlarning 2023-2024-oʻquv yilidagi rejalari yuzasidan hisobot yigʻilishi oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi.

Mazkur seminar 2023-yilning 21-22-noyabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti katta majlislar zalida, respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarining psixologlari (130 nafar) hamda vazirlikning mas’ul xodimlari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Mazkur seminarga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti psixologi Barno Kalonova oʻz hisobot-ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Mazkur hisobotda TDShUda qilingan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.   Seminar davomida psixologlar o’rtasida “Zakovat” intellektual oʻyini ham oʻtkazildi.

photo_2023-12-29_11-02-35

29.12.2023, 11:04 292