Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreya xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreyashunoslik fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari Ph.D. D.R.Ashirbayeva, L.D.Say, B.A.Mirsharipova, D.B.Murodova, A.T.Hidoyatova, N.Sh.Karimov hamda dekan muovini F.B.Abdullayevalar 2023-yil 22-avgust kuni KOICA tashkiloti tomonidan yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan professor-o‘qituvchilar uchun seminarda ishtirok etdilar. Seminar so‘ngida o‘qituvchilarga sertifikatlar topshirildi.

Bundan tashqari, 2023-yilning 14-15-mart kunlari Ozarbayjon tillar universiteti (Boku, Ozarbayjon) da “Oltoy belbog‘ida koreyashunoslik bo‘yicha tadqiqotlar” mavzusida 3-ERAKAM Koreyashunoslik Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiyada TDSHU o‘qituvchilari PhD. D.Abbasova, S.Xudoyberdiyeva va A.Hidoyatova ishtirok etdilar. Shuningdek, anjumanda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya universitetlarining koreysshunos professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari ishtirok etdi.

photo_2024-02-07_15-14-36

07.02.2024, 15:23 170