Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Gender tengligi mavzusida debat

2024-yil 15-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining G‘arb tillari kafedrasi o‘qituvchisi Jalolova I. J. tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish maqsadlaridan biri bo‘lgan 5-maqsad – Gender tengligi mavzusida Dariy va Indoneziya yo‘nalishining 1-kurs talabalari o‘rtasida ochiq bahs-munozara mashg‘uloti tashkil etildi.

Ushbu interaktiv dars mashg‘uloti talabalarda gender tengligi borasidagi tushunchalarni kengaytirish, bu boradagi global va mintaqaviy muammolarni tan olish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va o‘z qarashlarini muloqot orqali ifoda etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi. Bahs jarayonida ishtirokchilar gender stereotiplari, ayollarning ta’lim, mehnat bozori va siyosiy hayotdagi o‘rni kabi masalalarni muhokama qilib, o‘z qarashlarini asoslab berishga harakat qildilar.

Mazkur tadbir TDSHUda talabalarni jamiyatdagi dolzarb ijtimoiy masalalarga befarq bo‘lmagan, faol va ongli fuqarolar sifatida shakllantirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, bu kabi tashabbuslar kampus doirasidagi ta’limni chuqurlashtirish va barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘un holda ta’lim mazmunini boyitishga qaratilgan muhim qadamlardan biridir.

02.07.2025, 16:41 845

    WordPress Lab NaturePress – Ecology & Environment WordPress Theme Nautica – Responsive WooCommerce WordPress Theme Navian – Multi-Purpose Responsive WordPress Theme Naxly – Data Science & Analytics WordPress Theme Nayaka – Nail Salon & Beauty Care Elementor Template Kit Nazareth | Church & Religion WordPress Theme Ncmaz – News Magazine Full Site Editing WordPress Block Theme Nearby Places WordPress Plugin Nedril – Creative Agency & Portfolio WordPress Theme Nelva – Corporate WordPress Theme